Sessiya ishiga Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashi raisi, tuman hokimi F.Umarov raislik qildi.
Sessiya ishida dastlab Vobkent tumanida 2023-yilning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yakuni hamda 2024-yil uchun ustuvor vazifalar va rejalar toʻgʻrisida yuritildi.
Oʻtgan 2023-yil yakuni bilan tuman hokimligiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali 711 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, 682 ta murojaat soha mutaxassislari tomonidan toʻliq oʻrganib chiqilib, nazoratdan olingan, qolgan 29 ta murojaat oʻrganish jarayonida qolmoqda. Ushbu oʻrganilgan murojaatlardan 476 tasi (69,7 foizi)
ijobiy hal qilinib, 206 tasi (30,3 foiz) huquqiy maʼlumot va yoʻnalishlar berilgan.
Jismoniy shaxslardan tushgan 664 ta arizadan
658 tasi soha mutaxassislari tomonidan toʻliq oʻrganilib chiqilgan va ijobiy hal qilingan.
2023-yilda tumanda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 777,8 mlrd.soʻm
(106,5 foiz)ga, qishloq xoʻjalik yalpi mahsuloti hajmi 3282,5 mlrd.soʻm
(103,9 foiz)ga, qurilish-pudrat ishlari hajmi 497,6 mlrd.soʻm
(100,2 foiz)ga, chakana savdo hajmi 670,4 mlrd.soʻm
(114,0 foiz)ga, jami xizmatlar hajmi esa 1207,7 mlrd.soʻm
(105,3 foiz)ga bajarildi.
Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va samaradorlik koʻrsatkichlari boʻyicha 2023-yilda aholi jon boshiga hududiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 5 mln.282,2 ming soʻmga, xizmatlar hajmi 8 mln.198,7 ming soʻmga, chakana savdo
aylanmasi xizmatlari 4 mln 551,5 ming.soʻmga, xalq isteʼmol mollari boʻyicha 2 mln.986,6 ming.soʻm, qishloq xoʻjaligi boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar 22 mln 290,4 ming soʻmga hamda qurilish ishlari hajmi esa 3 mln 378,3 ming soʻmga toʻgʻri keladi.
Vobkent tumani boʻyicha 2023-yil uchun byudjetga 73,3 mlrd.soʻm
tushumlar rejasi belgilangan boʻlib, bu koʻrsatgich 75,8 mlrd.soʻmga yoki 103,5 foizga yillik
reja 2,5 mlrd.soʻmga
ortigʻi bilan bajarildi.
Mahalliy byudjetga tushumlar borasida 2023-yil uchun 45,7 mlrd.soʻm
reja belgilangan boʻlib, bu koʻrsatgich 52,3 mlrd.soʻmga
yoki 114,4 foizga
yillik reja 6,6 mlrd.soʻmga
ortigʻi bilan bajarildi. Bu oʻz navbatida, mahalliy byudjetning xarajatlari 2023 yil yakunida 223,6 mlrd.soʻm
yoki mablagʻlarning 64,3 foizi,
yaʼni 143,5 mlrd.soʻmi
ijtimoiy soha va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlariga sarflandi.
Jumladan:
- aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan xarajatlar, muhtoj oilalarga nafaqalar va moddiy yordamlar uchun 33,1 mlrd.soʻm;
- taʼlim muassasalari taʼminoti va ularni
rivojlantirish xarajatlariga 32,1 mlrd.soʻm;
- sogʻliqni saqlash tizimi xarajatlariga byudjetdan 69,2 mlrd.soʻm;
- madaniyat va sport sohasini rivojlantirish va saqlash xarajatlari 9,1 mlrd.soʻm;
- davlat hokimiyati, boshqaruv organlari taʼminotiga 21,1 mlrd.soʻm,
fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarini moliyalashtirishga 4,3 mlrd.soʻm
mablagʻ ajratildi.
Vobkent tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6166-sonli Farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi
samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5132-sonli qarori talablariga binoan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash borasida muayyan ishlar olib borilmoqda.
Mazkur Farmon va qarorlar barcha darajadagi davlat boshqaruv organlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash imkonini berdi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yil 31-may sanasida imzolangan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarorlari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi monitoringini olib borishda mazkur tizim taʼsirchanligini mustahkamlash, uning ahamiyatini yanada oshirish hamda samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashda
muhim qadam boʻldi.
Tuman hokimligi, tumandagi tashkilotlar va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-sonli Farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli qarori talablariga binoan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash borasida foydalanuvchilar elektron hujjat aylanishi tizimi (“Ijro.gov.uz”)ga toʻliq ulangan.
Tumanda yosh avlodni maʼnaviy barkamol etib
tarbiyalash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish, bunda ularning sanʼat, sport,
axborot texnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021-yil 6-yanvardagi 02-RA1-585-sonli topshirigʻi ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash hamda shu nuqtai nazardan Prezidentimiz rahbarligida
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida yoshlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
PQ-92-sonli qarori qabul qilinib, ushbu qarorga muvofiq yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qoʻllab-quvvatlash, kasb-hunarga oʻrgatish va bandligini taʼminlash ishlarini samarali tashkil etishning doimiy
moliyaviy manbalarini va ulardan foydalanish tartibini belgilash hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi “Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 132-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022-yil 7-iyundagi “Yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi 312-sonli qarorlari qabul qilindi.
Shuningdek, ushbu qarorning ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat hokimining 2022-yil 14-iyundagi
276-2-0-Q-22-sonli, tuman hokimining 2022-yil 15-iyundagi 296-2-33-Q-21-sonli qarorlari qabul qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda -
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi) faoliyatini tashkil
etish, uning mablagʻlarini shakllantirish, ulardan foydalanish, hisob va hisobotini yuritish tartibi belgilangan.
2024-yilning 1-yanvar holatida jami 437,1 mln.soʻm qoldiq mavjud boʻlib, 2023-yilning 12 oyi davomida PF-6118-son Farmoniga asosan tushgan mablagʻlar miqdori 1096,6 mln.soʻm, viloyat hokimligi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 1200,6 mln.soʻm, homiylik mablagʻlari hisobidan 9,1 mln.soʻm, tuman mahalliy byudjetining I-II-III
chorak yakuni boʻyicha orttirib bajarilgan mablagʻlar hisobidan 717,5 mln.soʻm, jami 3 mlrd.460,9 mln soʻm mablagʻ ajratilgan. Ushbu ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanish hamda korrupsiya holatlarini oldini olish maqsadida ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga rioya qilinib, xaridlar “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiq amalga oshirilishi taʼminlanib borildi.
2024-yilning 1-yanvar holatida jamgʻarma mablagʻlari hisobidan yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun jami 3323,9 mln.soʻm mablagʻ sarflandi.
Jumladan:
- 58 nafar yoshlarga bir martalik moddiy yordam uchun
73,6 mln.soʻm;
- 1 nafar yoshga tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻqish xarajatlarining bir qismini uchun 0,6 mln.soʻm;
- 10 nafar yoshlarga haydovchilik yoʻnalishida oʻqish xarajatlarining bir qismi uchun 12,8 mln.soʻm;
- 1 nafar yoshga urugʻ-koʻchatlar xarid qilish uchun 2,6 mln.soʻm;
- 1 nafar yoshga noturar joy ijarasi uchun 4,0
mln.soʻm;
- 140 nafar yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollari xarid qilish uchun 513,7 mln.soʻm;
- 326 nafar yoshlarning toʻlov-kontrakt summalarini
toʻlab berish uchun 995,2 mln.soʻm;
- 112 nafar yoshlarni zamonaviy kasblar, IT va xorijiy
til oʻquv kursi xarajatlarini toʻlab berish uchun 275,0 mln.soʻm;
- 9 nafar yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va
madaniyat yoʻnalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlarini qoplash uchun 13,3 mln.soʻm;
- 14 nafar yoshning pasport olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun 4,0 mln.soʻm;
- 30 nafar yoshning davolanish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun 252,8 mln.soʻm;
- 56 nafar yoshning safarbarlik bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun 340,9 mln.soʻm;
- 5 nafar yosh oilaning turar joy ijarasi xarajatlarini
qoplash uchun 20,3 mln.soʻm;
- 8 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida sport maydonchalari qurish uchun 356,6 mln.soʻm;
- Yoshlar festivallari, forumlar, tanlovlar va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni moliyalashtirish uchun 458,5 mln.soʻm mablagʻlar maqsadli sarflandi.
Bugungi kunda “Yoshlar daftari” elektron platformasida
417 nafar yoshlar mavjud boʻlib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida 1 mlr.423,4 mln.soʻm mablagʻga ehtiyoj mavjud.
Tumandagi yoshlarning bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qoʻllab-quvvatlash, kasb-hunarga oʻrgatish va bandligini taʼminlash ishlarini samarali tashkil etishning doimiy moliyaviy manbalarini va ulardan
foydalanish tartibini belgilash hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish asosiy vazifamiz boʻlib qoladi.
Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish bugungi kunda
davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib, tadbirkorlik
faoliyatining toʻsqinliksiz amalga oshirilishini taʼminlash, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha tumanda olib borilayotgan ishlar nazoratga olingan holda oʻrganib borilmoqda.
Tuman prokuraturasi va boshqa masʼul korxona xodimlari bilan hamkorlikda tumanda 2023-yilda jami 704 ta,
shundan, 324 ta
yakki tartibdagi tadbirkor va 380 tasi
yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlari yangidan tuman davlat xizmatlari
markazidan roʻyxatdan oʻtkazilishi taʼminlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
08.01.2019-yildagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4102-sonli qarori va shu yoʻnalishda qabul qilingan normativ hujjatlar ijrosi yuzasidan 2023-yilda aholi turmush darajasini yaxshilash, bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, Vobkent tumani prokuror sektorini ishsizlikdan holi hududga aylantirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, transport qatnovi xavfsizligini taʼminlash va aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida “Kosari”, “Rabotoxun”, “Hajuvon”, “Doʻstlik”, “Moʻminobod”, “Chorbogʻkent”, “Arabxona”, “Beshrabot”, “Qoʻqin”, “Guliston”,
“Shirin” va “Shohnigor” MFYning 35,6 km
ichki va umumiy qatnov yoʻllari asfaltlashtirildi. “Chorbogʻkent” MFYda 1,8 km
ichki yoʻllar betonlashtirildi. “Beshrabot” va “Shoxnigor” MFYlarda ichki
yoʻllarning 5,2 kmqismi shagʻallashtirildi. Shuningdek, aholini uzluksiz elektr
energiyasi bilan taʼminlash maqsadida 210 dona tayanch
ustunlar, 15,5 km.
elektr uzatish tarmoqlari, “Moʻminobod”, “Hajuvon”, “Kosari”, “Rabotoxun” va “Shohnigor” MFYlarga 8 dona
yangi transformator oʻrnatildi va 28 ta
transformator esa joriy taʼmirlandi.
Tumanda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida “Arabxona” “Shohnigor” va “Qoʻqin” MFYlarida 31,9 km
ichimlik suvi tarmogʻi tortilishi taʼminlandi.
“Temir daftar”da mavjud 29 ta oilaning 154 nafar oila
aʼzolariga 105,1 mln.soʻmlik
homiylik yordami koʻrsatilib, 4 nafar
fuqarolarga nogironlik aravachalari, 12 nafar
fuqaroga qoʻltiq hassa, 2 nafar
fuqaroga eshitish moslamasi olib berildi.
2023-yilda
harakat xavfsizligini taʼminlash yoʻl transport hodisalarining oldini olish borasida tuman hududida 9 ta joyda tezlikni
cheklovchi “Arena” fotoradarlar, 11 ta
piyodalar oʻtish joyida piyodalar oʻtishini aks ettiruvchi maket mulyaj, 8 ta manzilda
piyodalar oʻtish joyining ikki yoʻl yoqasi yoritish chiroqlari, M-37-xalqaro avtomobil yoʻli yoqasida joylashgan 9 ta
savdo shaxobchalari, 14 ta
umumiy ovqatlanish oshxonalari oldida qoʻshimcha tungi chiroqlari oʻrnatildi. Tuman hududida yoʻl transport hodisalarini oldini olish, harakat xavfsizligini targʻib qilish boʻyicha tuman mahalliy gazetasi orqali 4 marotaba turkum maqolalar, 8 ta aholi gavjum joylarida
turli koʻrinishdagi banerlar joylashtirildi. Tumandagi 31 ta
oʻquv muassasalarida va 36 ta
MFYlarda yoʻl transport hodisalariini oldini olish yuzasidan targʻibot uchrashuvlari amalga oshirildi. Tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi guruhi xodimlari
tomonidan 413 ta
(403) qoidabuzarliklarni aniqlandi. Shundan, transport vositasini mast holda boshqargan 8 ta (6), quvib oʻtish qoidasini buzish 33 ta (23),
chorraxadan oʻtish 26 ta
(27), odam tashish qoidasini buzish 24 ta
(19) va boshqa yoʻl harakati qoidalarini buzish 322 ta
(328)ni tashkil etadi.
Tumanda amalga oshirilgan targʻibot va profilaktik ishlarga qaramasdan 2023-yilda tumanda yoʻl transport hodisalarini kamayishiga erishilmadi. Jumladan, sodir etilgan yoʻl transport hodisalar 30 tadan 32 taga, shundan,
oʻlim bilan bogʻliq yoʻl transport hodisalari soni 2 tadan 5 taga yoki 150 foizga oshdi. Tan
jaroxati bilan bogʻliq boʻlgan yoʻl transport hodisalar soni 28 tadan
27 taga
kamaygan.
Tumanda pasport-viza tartibini taʼminlash borasida bir qator ishlarni amalga oshirildi. Xizmati tomonidan
xorijga chiqish uchun 5242 ta (7323 ta) pasport, 13722 ta (3177 ta) ID-kartalar
rasmiylashtirib berildi.
Tumanda soliq tizimini mahalla darajasiga tushirish yangi institutni joriy qilish maqsadida tumandagi 44 ta
mahallalarga tumandagi 29 ta xodimdan, ilgari
soliq nazorati bilan shugʻullangan 17 nafari yoki 58,6 foizi biriktirildi.
Buning uchun amaldagi struktura oʻzgartirilib, 10 ta tuzilma oʻrniga 3 taga tushirildi hamda mahallabay ishlash boʻyicha alohida tuzilma tashkil etildi.
Bunda, mahallalarga biriktirilgan xodimlar
uchun “maxsus mahallabay dasturi” yaratilgan boʻlib, ularning faoliyati ushbu dastur orqali ish samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) orqali baholab boriladi.
Bundan tashqari, ushbu dastur orqali mahalladagi koʻmak koʻrsatish zarur boʻlgan soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish va mahalladagi soliq maʼmurchiligini amalga oshirish imkoniyati mavjud. Shuningdek,
mahallaga biriktirilgan xodimlarga mahallada qadamma-qadam ish tashkil etish boʻyicha amalga oshirilishi
lozim boʻlgan vazifalari yuzasidan oʻqishlar tashkil etildi hamda har bir mahalla boʻyicha pasport shakllantirildi.