Yangiliklar

Bugun Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi Fazliddin Ruziyev tumanning “Ko‘tarma” va “Odil” mahallalarida joylashgan kichik va yoshlar sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Sanoat zonasida tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan loyihalar bilan yaqindan tanishib, tumanda ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlarni ish bilan ta’minlash xususida tadbirkorlar bilan suhbatlashdi va ularni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. 

Kichik va yoshlar sanoat zonalari tadbirkorlarga qo‘shimcha qulaylik va imkoniyat yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash va shu orqali hudud sanoat salohiyatini oshirish, iqtisodiyotini mustahkamlash maqsadida tashkil etiladi.  

Slide 1 of 8