Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XX-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XIV-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi to`qson to`rtinchi sessiyasi o`tkazildi

Erkinjon Turdimov rahbarligida o`tkazilgan sessiyada quyidagi 11 ta masala muhokama etildi. 

- Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2022-yil 29-dekabrdagi “Samarqand viloyatining 2023 yilgi mahalliy byudjetning tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-79-250-7-0-K/22-sonli qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida;
- Samarqand viloyatining 2024-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida;
- “O‘zbekiston - 2030” strategiyasining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimining o‘rinbosari Sh.Xudayberdiyev axboroti haqida;
- Mahalliy byudjet daromadlarining belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash, hududning iqtisodiy o‘sish nuqtalarini inobatga olgan holda qo‘shimcha manbalarni aniqlash, soliq qarzlarini qisqartirish, ortiqcha to‘lovlarga yo‘l qo‘yilmaslik borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha viloyat Soliq boshqarmasi boshlig‘i S.Eshmatovning hisoboti haqida;
- Samarqand viloyatidagi ayrim aholi punktlarini nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida;
- Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
- Viloyat hokimining 2023-yil 7-dekabrdagi “Viloyat mahalliy byudjetining 2023 yil II va III chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismidan foydalanish to‘g‘risida” 334-7-0-Q/23-son qarorini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Viloyat hokimining 2023-yil 15-dekabrdagi “Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida” 337-7-0-Q/23-son qarorini tasdiqlash to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-408-son qaroriga asosan tasdiqlangan dastur doirasida iqtisod qilingan mablag‘larni boshqa ob’yektlarga yo‘naltirish to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktyabrdagi bayoniga asosan Ishtixon tumanidagi 25-sonli maktabni rekonstruksiya qilish ob’yektiga bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlarini belgilash to‘g‘risida;
- “Samarqand viloyati hokimligining stipendiyasi”ni munosib nomzodlarga berish bo‘yicha saralash ishlarini tashkil qilish to‘g‘risida. 

Slide 1 of 5