Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIRA — MUQADDAS, QADR — AZIZ
янв.21
YO‘LLAR TA’MIRI VA JAMOAT TRANSPORTI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi: Suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha deputatlik nazorati.
янв.21
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi — ustuvor vazifa: Yuqoriovuldagi yangi maskan tayyormi?
янв.21
60 ta qo‘shimcha o‘rin va zamonaviy sharoitlar: Tuman Kengashi deputati qurilish obyektini o‘rgandi
янв.21
«Ikki karra mas’uliyat: Hokim va deputat maqomi muammolar yechimini tezlashtirmoqda»
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXII-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XXI-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XX-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI XIV-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Ijtimoiy soha ob’yektlarini o‘rganish davom etmoqda...

 Ijtimoiy
soha ob’yektlarini o‘rganish davom etmoqda... 

  

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova, X.Kattabekov,
F.Mirzayev va O‘zbekiston Adolat SDP tuman Kengashi raisi N.Karimovlar tumandagi
3-sektor hududdagi ijtimoiy soha ob’yektlarining kuz-qish mavsumiga
tayyorgarlik holati, hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil
10-apreldagi “Ijtimoiy soha ob’yektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy
sherikchilik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi PQ-118-sonli Qarori
ijrosi yuzasidan tuman Kengashining 72-sessiyasi qarori bilan tasdiqlangan
72-65-11-163-K/23-sonli qarorining ijrosini nazorat qilish bo‘yicha tumandagi
8-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish o‘tkazildi. 

O‘rganishlar
natijasida qaror ijrosi ta’minlanishda kamchilikka yo‘l qo‘yilib, isitish
qozonlari (kotyol) almashtirilmaganligi aniqlandi. Shu bilan birgalikda ushbu
muassasalarga olib kelingan ko‘mir yoqilg‘isi sifatsiz bo‘lib, xatto
yonmayotganligiga guvox bo‘ldik. 

Mas’ullardan
xavo harorati sovub borayotganligini inobatga olib, loqaydlikka yo‘l
qo‘ymaslikka chaqirib qolamiz. 

Deputatlik
guruhi esa ushbu holat bo‘yicha tuman hokimi va tuman prokuroriga
"Deputatlik so‘rov"lari kiritiib, nazoratga olinishi yuzasidan amaliy
yordam so‘raldi.  

  

Slide 1 of 1