Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ICHKI YO‘LLAR HOLATI TAHLIL ETILMOQDA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
MUAMMO - NAZORAT VA NATIJA
янв.21
Президент Ш.Мирзиёевнинг Олий Мажлис ҳамда Ўзбекистон халқига йўллаган мурожаатномаси ҳамда ”2026-2030-йилларга мўлжалланган “Ўзбекистон – 2030” стратегияси лойиҳаси юзасидан жамоатчилик муҳокамаси натижалари бўйича Республика анжумани
янв.21
DEPUTATLAR FAOLIYATIDAN
янв.21
Urganch shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
TARG‘IBOT TADBIRI
янв.21
Brifing: 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Deputat - ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalar xolidan xabar oldi.
Tuman Kengashi deputatlari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Tuman Kengashi deputatlari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

            Tumanda jismoniy va yuridik shaxslar muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida Xalq deputatlari Quva tuman kengashi raisi, tuman hokimi X. Umarov boshchiligida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi So‘fi mahallasi hududida sayyor qabul o‘tkazildi.

O‘tkazilgan sayyor qabulda tuman hokimining o‘rinbosarlari, mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida yuridik hamda jismoniy shaxslarning joylarda kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, moddiy yordam, bandlik, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, imtiyozli kredit olish va shu kabi boshqa masalalarga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Qabul davomida 28 ta murojaatlar mas’ullar tomonidan joyida ijobiy hal etilib, 8 ta murojaatlar yuzasidan huquqiy maslahat va tushunchalar berildi. Muddat talab etgan 5 ta murojaatlar belgilangan tartibda nazoratga olinib, qisqa muddatlarda ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiya, ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4