Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich, ekspert guruhi a’zosi F.Bekjanov hamda Taxiatosh tumani Qurilish va uy-joy xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i K.Bektaev bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan ichimlik suvi tarmog‘i qurilishi ishlarini joyida o‘rgandi.
📍 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5246-sonli qarori asosida yangidan tortilayotgan suv quvurlarining qurilish sifati, bajarilayotgan ishlarning borishi hamda loyiha talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
🔍 Xususan:
🔹 qurilish-montaj ishlarining sifati;
🔹 quvurlarni yotqizish jarayoni;
🔹 ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi;
🔹 aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha yaratilayotgan infratuzilma o‘rganildi.
🤝 Mutasaddilar bilan suhbat davomida qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash masalalari muhokama qilinib, tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.