Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi raisi Umidjon Haydarov shahardagi umumta’lim maktablarida bo‘lib, sport inshootlarining holati hamda yoshlarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida maktablarda o‘quvchilar uchun yaratilgan sport infratuzilmasi, sport maydonchalari va mavjud shart-sharoitlar o‘rganildi. Shuningdek, yozgi ta’til davrida yoshlarni sport, ijod, fan va boshqa foydali mashg‘ulotlarga keng jalb etishga qaratilgan to‘garaklar faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Shu bois ushbu yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilib, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.