Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
4-IYUN - BUTUN JAXON XALQARO TAJAVUZ QURBONI BO'LGAN BEGUNOH BOLALAR KUNI
янв.21
KUN TARTIBIGA TAKLIF TAYYORLANDI
янв.21
"KAMBAG'ALLIKDAN FAROVONLIK SARI" DASTURI AMALDA
янв.21
HUDUDLARDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
MANZILLI DASTUR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI: FUQAROLAR MUROJAATI ASOSIDA KO‘CHALARNI TA’MIRLASH CHORALARI KO‘RILMOQDA
янв.21
3-IYUN BUTUN JAHON VELOSIPEDLAR KUNI
янв.21
URGANCH SHAHRIDA NAVBATDAGI OCHIQ ZOVUR YOPIQ DRENAJ TIZIMIGA AYLANTIRILADI
янв.21
YANGIOBOD MAHALLASIDA DRAYVER LOYIHA: NAVBATDAGI OCHIQ ZOVURNI YOPIQ DRENAJGA AYLANTIRISH CHORALARI KO‘RILMOQDA
янв.21
JAMBUL MAHALLASIDAGI LOYIHA IJROSI NAZORATGA OLINDI: ISHLAR JADALLASHTIRILMOQDA
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi kotibiyatining ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Isanov, kotibiyat mudiri X.Berdiyarova hamda deputatlar A.Ibadullayev va G.Rizayeva tomonidan Boyovut tumanidagi “U.Yusupov” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi a’zolari bilan suhbatlar o‘tkazilib, ish yuritish hujjatlari hamda amalga oshirilayotgan faoliyat tahlil qilindi. Natijada mahalla yettiligi tomonidan hujjatlar belgilangan tartib va rejalarga muvofiq yuritib kelinayotgani aniqlandi.

Shu bilan birga, xotin-qizlar faoli tomonidan yuritilayotgan ayrim hujjatlarda kamchiliklar mavjudligi qayd etildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hujjatlarni amaldagi talablar asosida to‘g‘ri rasmiylashtirish yuzasidan kotibiyat mudiri tomonidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

O‘rganish yakunida mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda hujjatlar yuritilishi sifatini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

* Mahalla yettiligining 2026-yilda shu kunga qadar amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi yozma ma’lumotlarni Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyatiga taqdim etish belgilab olindi.

Slide 1 of 7