Yangiliklar

Beruniy MFYda elektr ta’minoti yaxshilanadi

 Beruniy MFYda elektr ta’minoti yaxshilanadi 

Tumanning Beruniy MFY Toshxirmon ko‘chasida yashovchi fuqarolarning murojaatiga asosan ularni elektr
tarmog‘i bilan uzliksiz ta’minlash maqsadida tuman hokimligi mutasaddilari va tuman Kengashi deputatlari o‘rganishlar o‘tkazishgan edi.
Ushbu masala Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyasida ko‘rib chiqilib, tuman Kengashi sessiya kun tartibiga kiritildi va muhokama etildi hamda tegishli qaror qabul qilingan edi. Bugun Beruniy MFYga qarorda ko‘rsatilgan miqdorda temir-beton stolbalar yetkazib berildi. Aholi
tuman hokimligi va tuman Kengashi deputatlaridan mamnun.
 

   

Slide 1 of 3