“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida ustuvor vazifalar
muhokama qilindi
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi kotibiyatida Kengash raisi X.Raximov boshchiligida deputatlar ishtirokida deputatlar faoliyatiga oid ustuvor vazifalar yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Muhokamada
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-98-son Farmonida belgilangan “Kuchli Kengash, hisobdor hokim” tamoyili asosida tuman Kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, doimiy komissiyalar ish samaradorligini oshirish, hududlarda aholiga axborot berish, tegishli Qonunlar ijrosini nazorat qilish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Kengash faoliyatiga oid hujjatlarni sifatli tayyorlash, deputatlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ijro intizomini mustahkamlash hamda deputatlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.