Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputatlari Po‘latov Xayrulla Lutpullayevich va Kerimov Alisher Sabirovich tomonidan M.Ashrafiy mahallasi hududida joylashgan futbol sport maydoni holati o‘rganildi.

📝 O‘rganish jarayonida mahalla aholisi mazkur sport maydonini ta’mirlash, obodonlashtirish hamda yoshlar uchun munosib sharoit yaratish masalasini ko‘tarib, deputatlarga murojaat qildi.

🤝 Fuqarolar sport maydonini qayta ta’mirlash va tartibga keltirish bo‘yicha amaliy yordam so‘rab, bu orqali yoshlarni sportga keng jalb etish muhimligini ta’kidladilar.

📌 Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar asosida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish yuzasidan ishlar olib borilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 1