Jumladan, mavjud binoni ta’mirlash, qo‘shimcha 120 o‘rinli o‘quv binosi hamda zamonaviy sport zal qurilishi jarayonlari o‘rganildi.
Nazorat tadbirida O‘zLiDeP partiyasidan saylangan deputat U.Abduraxmanov, O‘zLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari Y.Axmedov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B. Allaberganov ishtirok etdi.
O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga amal qilinishi va aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.
🏫 Yangi va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish, yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun munosib shart-sharoitlar tashkil etish — doimiy e’tibor markazida.