Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash_faoliyati

BANDIXONDA TA’LIM SIFATI VA INFRATUZILMA — DEPUTATLAR NAZORATIDA

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Pardayev tomonidan "Qaldirg‘och" mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla "yettiligi" faoliyati hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlari holati yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

✅Asosiy e’tibor — 19-sonli umumta’lim maktabiga qaratildi:

✅Maktab hozirga qadar 1982 va 2008-yillarda qurilgan ikki alohida binoda faoliyat yuritib kelayotgan edi. O‘quvchilar sig‘im yetishmovchiligi sababli ikki navbatda (smenada) tahsil olishga majbur bo‘lishayotgan edi.

✅ Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida umumiy qiymati 2,7 milliard so‘m bo‘lgan loyiha amalga oshirilmoqda.

✅Natijada: Ayni paytda 180 o‘rinli yangi, zamonaviy o‘quv binosi qurilmoqda.

✅"Yangi o‘quv binosi nafaqat o‘quvchilar qamrovini kengaytiradi, balki farzandlarimizning zamonaviy, yorug‘ va barcha qulayliklarga ega xonalarda bilim olishini ta’minlaydi."

”Bugun amalga oshirilayotgan har bir bunyodkorlik va yangilanish ishlari — inson manfaatlari, xalqimizning farovon va osoyishta hayoti uchun xizmat qiladi. Hududlarda infratuzilmani yaxshilash orqali kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor yaratilmoqda.

Slide 1 of 6