Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy ishlar deputat e’tiborida

Hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy ishlar deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 19-Zarbdor saylov okrugidan saylangan deputat J.Donayev “Zarbdor” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning daromad manbalarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, imtiyozli kreditlar ajratish, tomorqadan samarali foydalanishni tashkil etish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar muhokama qilindi.

Hududdagi mavjud muammolarni hal etish hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#J_Donayev

Slide 1 of 2