Hisobotda:
sanoat, xizmatlar, savdo va qurilish sohalarida barqaror o‘sish ta’minlangani;
mahalliy budjet daromadlari ortig‘i bilan bajarilgani;
aholi bandligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishilgani;
investitsiyalar jalb qilish, eksportni kengaytirish hamda turizmni rivojlantirish borasida muhim ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.
Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda, xususan muammoli kreditlar hajmining oshgani va ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
Sessiya yakunida shaharni 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi hamda tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Hisobot deputatlar tomonidan muhokama qilinib, qoniqarli deb topildi.