Hisobotga ko‘ra, o‘tgan davrda muhim natijalarga erishildi:
197 ta mahalla xavf darajasiga ko‘ra “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratildi
600 dan ortiq korxona va obyektlarda yong‘in xavfsizligi tekshiruvlari o‘tkazildi
25 mingdan ortiq xonadon o‘rganilib, aholiga tushuntirish ishlari olib borildi
3 000 dan ortiq kamchiliklar bartaraf etildi
Yong‘inlar soni sezilarli kamaydi, eng muhimi — insonlar o‘limi va jarohatlanish holatlari qayd etilmadi
Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida:
300 dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazildi
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ibot ishlari olib borildi
Minglab eslatma va ogohlantiruvchi materiallar tarqatildi
Shu bilan birga, sessiyada ayrim muammolarga ham e’tibor qaratildi:
Ba’zi hududlarda yong‘in xavfi yuqoriligi
Gaz va elektr jihozlaridan noto‘g‘ri foydalanish holatlari
Profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish zarurati
Sessiya qarori bilan mas’ullarga quyidagi vazifalar yuklatildi:
xavfli hududlarda nazoratni kuchaytirish
xonadonlarda gaz va elektr tizimlarini tekshirish
aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kengaytirish
yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash
Qaror ijrosi doimiy nazoratga olinib, aholi xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilandi.