Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Nurmatova Nilufar Ziyadullayevna tomonidan Payariq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘.Islomovga savol yo‘lladi.

#Sessiyadan

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Nurmatova Nilufar Ziyadullayevna tomonidan Payariq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘.Islomovga savol yo‘lladi.

Mazkur murojaatda navbatdagi sessiyalarga qizil toifaga kiritilgan hamda ish ko‘rsatkichlari bo‘yicha ortda qolayotgan profilaktika inspektorlarini ham jalb etish, ularning faoliyati yuzasidan hisobotlarini eshitish hamda deputatlar tomonidan beriladigan savollarga bevosita javob berishlarini tashkil etish taklifi ilgari surildi.

Mas’ul tomonidan ushbu taklif qo‘llab-quvvatlanib, sessiya muhokamalarining samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni joyida tahlil qilish hamda mas’ul xodimlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish maqsadida tegishli profilaktika inspektorlarining ishtirokini ta’minlash belgilandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 2