#Sessiyadan
Payariq tumanini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida tuman hokimi Xudayberdiyev Shunqor Farmonovichning hisoboti muhokama qilindi.
📊2026-yil boshidan tuman iqtisodiyotini yanada barqarorlashtirish bo‘yicha katta marralar belgilab olinib, 1-chorak yakunlari bilan bir qator ijobiy natijalarga erishilgan.
Jumladan, 1-chorak yakunlari bilan iqtisodiy ko‘rsatkichlarni birma-bir tahlil qilinganda:
⚪️-Sanoat sohasida 172,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 118,4 foizga o‘sdi. (2025-yil 1-chorakda 82,5 mlrd so‘m);
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi 0,7 mln so‘mga yetkazildi.
💬-Xizmat ko‘rsatish hajmi 501,3 mlrd so‘mga yetkazilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 118,9 foizga o‘sdi. (2025-yil 1-chorakda 397,0 mlrd so‘m);
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi 1,8 mln so‘mni tashkil qilgan.
💬Qishloq xo‘jaligi hajmi 575,0 mlrd so‘mga yetkazilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,6 foizga o‘sgan. (2025-yil 1-chorakda 490,3 mlrd so‘m);
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan qishloq xo‘ligi mahsulotlar hajmi 2,1 mln so‘mni tashkil qilgan.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)