Bahrin MFYda o‘tkazilgan uchrashuvlar va o‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan bir qator muhim masalalar ko‘tarilgan edi.
Xususan, ichimlik suv tarmog‘iga oid muammolar, ya’ni ayrim joylarda kolodets qopqoqlari yo‘qligi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lgan. Deputatlar o‘rganishidan so‘ng ushbu muammo tegishli tashkilotlarga yetkazilib, amaliy choralar ko‘rildi.
Natijada, Bahrin MFY ichimlik suv tarmog‘ kalodis qopqog‘i yo‘q joylariga yangi qopqoqlar qo‘yildi.
Mazkur ishlar hududda xavfsizlikni ta’minlash, sanitariya holatini yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Aholi vakillari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuqori baholanib, muammolarga befarq bo‘lmasdan tezkor yechim topilayotgani uchun minnatdorlik bildirildi. Bu kabi amaliy ishlar deputatlar va tegishli xizmatlar o‘rtasidagi samarali hamkorlik natijasida hududlarda ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotganini yana bir bor ko‘rsatmoqda.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi