Shu maqsadda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sattarov To‘lqin Turg‘unovich tomonidan 6-“Karsagan” saylov okrugiga qarashli “Karsagan” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari tashkil etildi.
O‘rganish jarayonida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan, hududda olib borilayotgan hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.
Mazkur tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirok etdilar.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar, ko‘rsatmalar hamda tushuntirishlar berildi.
Deputat xalq manfaatlari yo‘lida xizmat qiladi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati