DEPUTAT NAZORATI: ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati N.Ro‘ziyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi K.Abdullayeva “Orol” mahallasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida:
Loyiha doirasida hududga zaruriy temir-beton kolodeslar (quduqlar) olib kelingani;
Ichimlik suvi quvurlarini yotqizish va montaj qilish ishlari jadal olib borilayotgani ko‘zdan kechirildi.
Mutasaddilar bilan suhbatda ishlarni sifatli yakunlash va aholiga tez fursatlarda suv yetkazib berish choralari muhokama qilindi.