Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat so'rovi

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati I.Raximov tomonidan o'rganishlar asosida masala ko‘tarildi.

“Do‘stlik” MFY hudidagi Pushkin ko‘chasi yonida (Shoximardon tuyxonasi orqa tomonida) chiqindi tashlash joyi bo’lmasa ham chiqindilar to‘planib qolinganligi aniqlandi.

Mazkur holatni inobatga olib, tuman hokimi o‘rinbosari S. Muratovga deputat so‘rovi yuborilib, ma’sul tashkilotlarga topshiriq bergan holda “Do‘stlik” MFY hududidagi Pushkin ko‘chasi yonida (Shoximardon tuyxonasi orqa tomonida) to‘planib qolgan chiqindilarni to‘liq tozalash, maxsus chiqindi yashiklari joylashtirish yoki chiqindilarni tashlamasligi bo‘yicha aholini ogohlantirish choralarini ko‘rish so'raldi.

Mas’ullardan ushbu masala yuzasidan asoslantirilgan yozma javob berish so‘raldi. 

Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.