Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligi deputat
e’tiborida
Aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning daromad
manbalarini kengaytirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash
bugungi islohotlarning bosh mezonidir.
14-Mingtepa saylov okrugi deputati B.Abduraxmonov
(«Adolat» SDP a’zosi) tomonidan okrug hududidagi hokim yordamchilarining
faoliyati va amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
2026 yil: Aniq raqamlar va natijalar
O‘rganish davomida «Mingtepa» hududida yil boshidan
buyon ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha quyidagi natijalarga erishilgani
aniqlandi:
Moliyaviy
ko‘mak: 50 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish
uchun jami 1 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilishi
ta’minlandi.
Bandlik: 15
nafar fuqaro doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi.
O‘zini-o‘zi
band qilish: 16 nafar fuqaro o‘zini-o‘zi band qilish orqali rasmiy daromad
manbaiga ega bo‘ldi.
Hududiy
ixtisoslashuv — uzumchilik drayveri
Mazkur okrug hududi asosan uzumchilikka ixtisoslashgan
bo‘lib, ajratilayotgan kreditlar va yaratilayotgan sharoitlar aynan soha
rivojiga yo‘naltirilmoqda.