Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati X.Abduvohidov hamda Respublika sport vazirligi bo‘lim boshlig‘i Sh.Olimov Paxtakor tumanida sport sohasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida tumandagi sport inshootlari, mavjud sharoitlar, yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sport to‘garaklari faoliyati, trenerlar salohiyati hamda yosh sportchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi.
Tumanda sportni yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda sport infratuzilmasini mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.