Oʻrganishlarda mahalliy Kengash deputatlari uchun tavsiya etilgan eng muhim yoʻnalishlarga alohida ahamiyat berilmoqda. Fuqarolar tomonidan koʻtarilgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, infratuzilma bilan bogʻliq masalalar hamda aholini qiynab kelayotgan boshqa dolzarb muammolar mahalla yettiligi bilan birgalikda atroflicha uyma uy yurib oʻrganilmoqda. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mahalla yettiligi bilan birgalikda choralar koʻrish, mas’ul tashkilot va mutasaddilarga oʻz vaqtida xabar berish hamda ijrosini deputatlik nazoratiga olish belgilanmoqda.