Murojaatlar asosida hududiy o‘rganish o‘tkazildi:
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati K.Abdullayeva hamda bosh mutaxassis T.Murodov ishtirokida deputat saylangan hudud aholisi tomonidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Nurafshon MFY hududidan o‘tuvchi kanal suv bosimiga dosh berolmay, natijada suvning ko‘chalarga toshib ketgani bu esa hududda harakatlanishda muammolar kelib chiqayotganligi aniqlandi. Mazkur holat mutaxassislar ishtirokida o‘rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.
Hududlarda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va amaliy yechimlar topish ishlari izchil davom ettirilmoqda.