Deputat va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
🔹 "11-Rovot yo`li" saylov okrugidan xalq deputatlari tuman Kengashiga saylangan deputati Busapiya Abdurazaqova o‘z saylov okrugidagi Xasanqo`rg`oncha MFY da mahalla yettiligi va saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🔹Uchrashuvda aholini qiynayotgan kundalik muammolar muhokama qilindi. Saylovchilarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq rejalar tuzildi. Qaysi masala qanday tarzda hal etilishi belgilab olindi.
🔹Deputat tomonidan mahalla faollari bilan birga ishlash, murojaatlarni nazoratga olish va natijalar haqida aholini xabardor qilib borish muhimligi ta’kidlandi.
🔹Kun tartibidagi masalalar deputat ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.
Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashi