Xalq deputatlari Koson tumani Kengashiga 13-Pudina okgidan saylangan deputat Lobar Abidova Pudina mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli hamda xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 30-yanvardagi VII-6-19-4-60-K/25-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
Mahalladagi muammolarni deputat so‘rovi asosida hal qilinishga kelishib olindi.