O‘rganishlar davomida so‘rovlarga javob berishda ayrim kamchiliklar mavjudligi qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek, deputat so‘rovlari ijrosini yanada takomillashtirish, mas’ul tashkilotlarning javobgarligini oshirish hamda muddatlarga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan qaror loyihasi dastlabki tartibda muhokama qilindi.
Mazkur yo‘nalishda tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish, deputatlik nazoratining samaradorligini oshirish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash sifatini yaxshilash asosiy ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati