Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔰“Xalq bilan birga” – ta’lim sifatini oshirish yo‘lida muhim qadam

Namangan viloyatida aholi manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa yosh avlodga yaratilayotgan shart-sharoitlarni o‘rganish va yaxshilash borasida amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

🔷Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati H. Qudratova hamda Kosonsoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri D. Valieva “Xalq bilan birga” shiori ostida Kosonsoy tumanidagi Kushon mahallasida joylashgan 2-sonli maktabda bo‘lib, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni atroflicha o‘rgandilar.

🔷Tashrif davomida maktabdagi o‘quv xonalari jihozlanganligi, ta’lim jarayoni uchun yaratilgan muhit, shuningdek, sport maydonchalarining holati ko‘zdan kechirildi. O‘quvchilarning bilim olishi va jismoniy rivojlanishi uchun zarur infratuzilmalar holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔷O‘rganish jarayonida aniqlangan mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

🔷Bu kabi amaliy tashriflar ta’lim tizimidagi muammolarni joyida hal etish, o‘quvchilar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🔷✨ Yoshlar — kelajagimiz! Ular uchun munosib sharoit yaratish barchamizning ustuvor vazifamizdir.

Slide 1 of 6