Oʻrganishda eʼtibor quyidagilarga qaratildi:
💧 Texnik holat va shaffoflik: Inshootdagi mavjud resurslardan foydalanishda korrupsiyaviy omillarga yoʻl qoʻyilmasligi;
📊 Hisob-kitob tizimi: Isteʼmolchilarga yetkazib berilayotgan suv hajmining aniq hisobi;
🛠 Moddiy aktivlar nazorati: Davlat mablagʻlari hisobiga oʻrnatilgan uskunalarning saqlanishi va maqsadli ishlatilishi;
👤 Inson omili: Xodimlarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens-nazorat) tizimi boʻyicha bilim va koʻnikmalari.
🔎Oʻrganishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan boʻgʻinlarni raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.