🌱 “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashidagi deputatlik guruhi rahbari A.Qurbonov hamda Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Navroʻzov tomonidan navbatdagi jamoatchilik monitoringi amalga oshirildi.
📍 Monitoring davomida Buxoro viloyati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi Vobkent tuman boʻlimida aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda sohada qonunchilikka rioya etilish holati oʻrganildi.
🌳 Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasining tumandagi ijrosi, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va mavjud muammolar tahlil qilindi.
🔍 Oʻrganishlar jarayonida:
— koʻkalamzorlashtirish ishlarining borishi,
— daraxt va koʻchatlarni parvarishlash holati,
— aholi oʻrtasida ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan tadbirlar samaradorligi alohida koʻrib chiqildi.
⚖️ Shu bilan birga, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida qonun talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
🤝 Jamoatchilik monitoringi yakunida sohadagi ishlarni yanada takomillashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
🌍 Tabiatni asrash — barchamizning burchimiz!