🔎 #Jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlarining holati, chiptalarni olishning qulayligi deputatlar nazoratida.
Nurafshon shahrida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari — K.Umarboyev, O.G‘ulomov, K.Xakimov va Nurafshon shahar MADAT NNT xodimi — deputat N.Niyozovlar tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:
Avtobuslarning belgilangan jadval asosida muntazam harakatlanishi;
Bekatlarning bugungi holati va yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar;
Chipta olish tizimining qulayligi va raqamlashtirilgan to‘lovlar.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va servis sifatini oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Mas'ul mutaxassislar I.Omonboyev, N.Jo'raboyeva.