Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI

Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashi 2-Bog'ishamol saylov okrugi deputati G.Abloqulova saylovchilar oldida axborot berdi. 

Uchrashuv davomida deputat o‘z faoliyati yuzasidan batafsil hisobot berib, amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etdi.

📊 Jumladan:

✅ 8 ta deputat so‘rovi yuborilgan;

✅ 25 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganilgan;

✅ 4 marotaba sayyor qabullar tashkil etilgan;

✅ 13 ta holatda joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilgan;

✅ 4 ta davlat dasturlari doirasidagi qurilish obyektlarining jarayonlari nazorat qilingan.

📌 Shuningdek, uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Ochiq va samimiy muloqot muhitida o‘tgan uchrashuv aholining muammolarini joyida o‘rganish hamda samarali yechimlar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 5