Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan dolzarb masalalar infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligi hamda hududniobodonlashtirish bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi.
Fuqarolar o‘z taklif va murojaatlarini bildirib, ularni hal etish yuzasidan aniq amaliy choralar belgilab olindi. Shuningdek, deputatlik so‘rovlari tegishli bo‘lim va tashkilotlarga yuborildi.
Deputat tomonidan kelib tushgan murojaatlarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ularni nazoratga olish hamda aholi manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.