Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Izboskan tumani Kengashi deputatlari D. Axmedova hám N. Mirabdullayevalar tomonidan

Izboskan tumanida ajrim yoqasiga kelib qolgan bir qancha oilalarni yarashtirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi. Jarayon mahalla faollari, xotin-qizlar faoli hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirokida o‘rganildi.

O‘rganish davomida er-xotin o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarning sabablari aniqlanib, tomonlar bilan alohida hamda birgalikda suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat jarayonida oilaning muqaddasligi, farzandlar manfaatlari va oilaviy qadriyatlar haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Natijada tomonlar o‘zaro kelishuvga erishib, oilani saqlab qolishga qaror qildilar. Mazkur yarashtiruv ishlari natijasida oila ajrimdan saqlab qolindi.

Bunday ishlar jamiyatda sog‘lom oilaviy muhitni mustahkamlash, farzandlarning baxtli kelajagini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1