Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Narmuratov Abdunazar Jurayevichdan navbatdagi deputatlik so‘rovi

Tuman Kengashi deputati Narmuratov Abdunazar Jurayevich tomonidan tuman “Gazta’minot” bo‘limi boshlig‘iga rasmiy deputatlik so‘rovi kiritildi.

So‘rovda “To‘xtamish” mahallasi aholisini suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlashdagi uzilishlarni bartaraf etish va belgilangan grafik asosida gaz yetkazib berish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish so‘ralgan.

Mazkur masala yuzasidan amaliy ijro ta’minlanishi bo‘yicha muddat belgilandi.

Deputatlik nazorati davom etmoqda. Xalq manfaati yo‘lidagi islohotlar diqqat markazimizda.

#Oltinsoy #DeputatNazorati #NarmuratovAbdunazar #DeputatlikSoʻrovi #XalqManfaati #GazTaminoti #Toxtamish

✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 3