Sessiya ishini xalq deputatlari tuman Kengashi raisi M.To‘ychiyeva olib bordi.
Unda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
🔹 Jumladan:
— 2026 yil uchun ishlab chiqilgan dastur ijrosi doirasida hududlarni yangi yondashuvlar asosida rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tuman hokimi S.A. Nosirovaning murojaati eshitildi.
— “Ayollar daftari” orqali amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
— “Ochiq byudjet” portali bo‘yicha tushgan takliflar muhokama etildi.
— “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘rib chiqildi.
— 2030 yilgacha ekologik master-reja yuzasidan axborot berildi.
✅ Yakunda barcha masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.