Deputat Oltinko‘l mahallasida saylovchilar bilan uchrashdi
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Mamanova Karomat Oltinko‘l mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning muammo va takliflari tinglandi.
Tadbirda mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan masalalar, xususan, hududni obodonlashtirish, yo‘l va infratuzilma, ichimlik suvi ta’minoti hamda ijtimoiy xizmatlar sifati yuzasidan fikrlar bildirildi. Deputat ushbu murojaatlarni diqqat bilan eshitib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishini ta’kidladi.
Shuningdek, uchrashuv davomida aholini qiynayotgan ayrim muammolar joyida o‘rganilib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.