Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TIBBIY XIZMAT SIFATI VA TEZKORLIGI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
XAVFSIZ MAHALLA — OSOYISHTA HAYOT GAROVI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI — KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIKNI TA’MINLASHDA MUHIM BO‘G‘IN
янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING PQ-117-SONLI VA OLIY MAJLIS SENATI KENGAShINING KQ-666-IV-SONLI QARORLARI IJROSI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA QONUN IJROSI
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi chiqarildi
янв.21
YANGI LOYIHALAR VA MILLIY QADRIYATLAR UYG‘UNLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATI TEZDA BARTARAF ETILDI
янв.21
Daraxtlar taqdiri – e’tiborda! “Qirg‘izyop kanali” bo‘yidagi yashil hudud muhofazasi deputatlar nazoratida
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita” hamda uning doirasida ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan kichik dasturda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tizimli o‘rganishlar olib borilmoqda.

Mazkur “Yo‘l xarita”ning 10-bandida nazarda tutilgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garaklariga umumta’lim maktablari o‘quvchilarini keng jalb etish masalasi tuman Kengashi deputati Jamila Allayarova tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida axborot texnologiyalari (IT), chet tillarini o‘rganish hamda turli kasb-hunarga yo‘naltirilgan to‘garaklarga yoshlarning qiziqishi yuqori ekani aniqlandi. Ayni paytda mazkur yo‘nalishdagi to‘garaklarda 100 nafardan ortiq o‘quvchi muntazam ravishda qatnashib kelmoqda.

Shuningdek, to‘garaklar faoliyatini yanada kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda yoshlarni qamrab olish darajasini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni zamonaviy bilim va kasb-hunarga yo‘naltirish — kelajak taraqqiyotining muhim omillaridan biridir.

Slide 1 of 4