Unda deputatlar, senatorlar, tegishli tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari va OAV ishtirok etdi. Sessiya kun tartibiga jamiyat uchun dolzarb bo‘lgan o'ndan ortiq masalalar kiritilib, keng ko‘lamli muhokamalar o‘tkazildi.
✅ Kun tartibidan joy olgan masalalar: (https://telegra.ph/-03-24-3499)
🔺Qashqqadaryo viloyati mahalliy byudjetining 2026-yil boshidagi erkin qoldiq mablagʻlarini yoʻnaltirish toʻgʻrisida.
🔺 Qashqadaryo viloyatida 2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2025-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi hamda 2026-yilda amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida.
🔺 Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2026-yil
18-fevraldagi VII-22-30-4-0-K/26-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida.
🔺 Yakkabogʻ tumani jadal kompleks rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlarning 2026-yilda depozitka oʻtkazilgan mablagʻlarni sarflanishi boʻyicha manzilli roʻyxati toʻgʻrisida.
🔺 Viloyatda davlat va jamiyat havfsizligiga toʻgʻridan - toʻgʻri tahdid solayotgan uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar hamda yashirin iqtisodiyotni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi toʻgʻrisida.
🔺 “Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirishni rivojlantirish loyiha konsepsiyasi toʻgʻrisida.
🔺Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan ajratiladigan mablagʻlar evaziga taʼminlanadigan ichki yoʻllar manzilli roʻyxati toʻgʻrisida.
🔺 Qarshi tumani “Rovot” mahalla fuqarolar yigʻinida olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan (Fayzli shifo farm” MCHJ) yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlari bilan ochiq muhokama oʻtkazish toʻgʻrisida.
🔺Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida.
🔺 Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2025-yil 11-iyundagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi VII-12-94-4-0-K/25-sonli hamda shu mavzudagi 2025-yil 13-avgustdagi VII-15-139-4-0-K/25-sonli, 2025-yil 13 sentabrdagi VII-16-149-4-0-K/25-sonli, 2025-yil 16-iyuldagi VII-14-116-4-0-K/25-sonli, 2025-yil 24-noyabrdagi VII-18-190-4-0-K/25-sonli va 2026-yil 12-fevraldagi VII-22-25-4-0-K/26-sonli qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida.
🔺 Qashqadaryo viloyati hokimining 2026-yil 11-martdagi “Qashqadaryo viloyati hokimligining tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 95-4-0-Q/26-(xdfu)-sonli qarori toʻgʻrisida.