Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
UCHRASHUV-MUAMMO VA NATIJA UCHUN HARAKAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI - FUQAROLAR MUROJAATLARI UCHUN QONUNIY YECHIM
янв.21
URGANCH SHAHAR MARKAZIY DEHQON BOZORIDA MAHSULOTLAR SIFATI VA NARX-NAVO BARQARORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO'LIB O'TDI
янв.21
MUROJAAT VA MUNOSABAT
янв.21
JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI – DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
URGANCH SHAHRIDA ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH DASTURIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITILMOQDA
янв.21
BOLALAR SALOMATLIGI — DOIMIY NAZORATDA: URGANCH SHAHRIDA YANGI TIBBIY LOYIHA TASHABBUSI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI VA DEPUTAT HAMKORLIGI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
MAHALLA OSOYISHTALIGI — BOSH MEZON: DEPUTAT N.SHARIPOVA "QIZIL" VA "SARIQ" HUDUDLARDAGI VAZIYATNI O‘RGANDI
Deputatlik so‘rovi ijobiy echim topdi

Aholi manfaatlarini himoya qilish, joylardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etish — xalq vakillarining eng muhim vazifalaridan biridir. 

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Sadoqat Nurmamatova tomonidan hududdagi 22- son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yuzaga kelgan muammo yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur bog‘chada ichimlik suvi tarmog‘i uch yildan buyon nosoz holatda bo‘lib, ta’lim muassasasida suv ta’minotining uzilib qolishiga sabab bo‘lgan. Bu esa ta`lim tashkilotida jiddiy muammoga aylangan edi.

Deputat tomonidan vaziyat o‘rganilib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Natijada muammo qisqa muddatda o‘z yechimini topdi — ichimlik suvi tarmog‘i to‘liq qayta tiklanib, muassasa toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Slide 1 of 2