Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
UCHRASHUV-MUAMMO VA NATIJA UCHUN HARAKAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI - FUQAROLAR MUROJAATLARI UCHUN QONUNIY YECHIM
янв.21
URGANCH SHAHAR MARKAZIY DEHQON BOZORIDA MAHSULOTLAR SIFATI VA NARX-NAVO BARQARORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO'LIB O'TDI
янв.21
MUROJAAT VA MUNOSABAT
янв.21
JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI – DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
URGANCH SHAHRIDA ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH DASTURIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITILMOQDA
янв.21
BOLALAR SALOMATLIGI — DOIMIY NAZORATDA: URGANCH SHAHRIDA YANGI TIBBIY LOYIHA TASHABBUSI
янв.21
MAHALLA YETTILIGI VA DEPUTAT HAMKORLIGI KUCHAYTIRILMOQDA
янв.21
MAHALLA OSOYISHTALIGI — BOSH MEZON: DEPUTAT N.SHARIPOVA "QIZIL" VA "SARIQ" HUDUDLARDAGI VAZIYATNI O‘RGANDI
Deputat nazorati: "Tashabbusli budjet" loyihasiga to‘siq bo‘layotgan muammolar o‘rganildi

Deputat nazorati: "Tashabbusli budjet" loyihasiga to‘siq bo‘layotgan muammolar o‘rganildi

🔵Bugun xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati tomonidan “Chaqar” MFY Shotut ko‘chasida olib borilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔵O‘rganish davomida aholi murojaatlari o‘z tasdig‘ini topdi: ko‘cha bo‘ylab o‘rnatilgan elektr ustunlari loyiha chizmasiga mos kelmasligi sababli piyodalar yo‘lagi va irrigatsiya tarmoqlarini (lotoklarni) o‘rnatishda jiddiy muhandislik to‘siqlarini yuzaga keltirmoqda. Bu holat nafaqat loyiha sifatiga, balki kelgusida harakat xavfsizligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi.

🔵Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida:

✅ Mas’ul tashkilotlarga, xususan, tuman elektr tarmoqlari korxonasiga elektr ustunlarini belgilangan standartlar asosida ko‘chirish yuzasidan DEPUTATLIK SO‘ROVI yuborildi.

🔵"Tashabbusli budjet" doirasida ajratilgan har bir so‘m xalq manfaati uchun sifatli sarflanishi shart. Jarayon deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1