Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TIBBIY XIZMAT SIFATI VA TEZKORLIGI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
XAVFSIZ MAHALLA — OSOYISHTA HAYOT GAROVI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI — KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIKNI TA’MINLASHDA MUHIM BO‘G‘IN
янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING PQ-117-SONLI VA OLIY MAJLIS SENATI KENGAShINING KQ-666-IV-SONLI QARORLARI IJROSI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA QONUN IJROSI
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi chiqarildi
янв.21
YANGI LOYIHALAR VA MILLIY QADRIYATLAR UYG‘UNLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATI TEZDA BARTARAF ETILDI
янв.21
Daraxtlar taqdiri – e’tiborda! “Qirg‘izyop kanali” bo‘yidagi yashil hudud muhofazasi deputatlar nazoratida
Deputatlar oilaviy poliklinika faoliyatini o‘rgandilar

 Deputatlar oilaviy poliklinika faoliyatini o‘rgandilar 

Kengash ish rejasiga ko‘ra xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari B.Sharipov, M.Ahmadalieva,
A.To‘lqinboev, S.Bo‘rieva hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinovlar tarkibidagi
ishchi guruh tomonidan tumandagi 11-son oilaviy poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan
tibbiy xizmat sifati o‘rganildi.  

O‘rganishlar davomida poliklinikada joriy etilgan DMED elektron tizimining ishlash jarayoni alohida
ko‘zdan kechirildi. Xususan, fuqarolarni elektron ro‘yxatga olish, onlayn navbat
tizimi, bemorlar to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotlarni raqamli shaklda yuritish, saqlash
va tezkor foydalanish imkoniyatlari, bemorlarga bepul tarqatilishi belgilangan dori-darmonlarning
saqlash va tarqatish savollari deputatlar tomonidan atroflicha o‘rganildi.  

Bildirilgan fikr-mulohazalar asosida aholiga xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada samarali tashkil
etish bo‘yicha muassasa rahbariyatiga tegishli tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 4