Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA OSOYISHTALIGI — BOSH MEZON: DEPUTAT N.SHARIPOVA "QIZIL" VA "SARIQ" HUDUDLARDAGI VAZIYATNI O‘RGANDI
янв.21
TIBBIY XIZMAT SIFATI VA TEZKORLIGI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
XAVFSIZ MAHALLA — OSOYISHTA HAYOT GAROVI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI — KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIKNI TA’MINLASHDA MUHIM BO‘G‘IN
янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING PQ-117-SONLI VA OLIY MAJLIS SENATI KENGAShINING KQ-666-IV-SONLI QARORLARI IJROSI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT VA QONUN IJROSI
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
📌 Deputat so‘rovi chiqarildi
янв.21
YANGI LOYIHALAR VA MILLIY QADRIYATLAR UYG‘UNLIGI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATI TEZDA BARTARAF ETILDI
Deputatlar saylovchilar bilan uchrashdilar.

 Deputatlar saylovchilar bilan uchrashdilar. 

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati M.Sayfitdinova
hamda Xalq deputatlari Quva tuman Kengashiga “15-M.Xasanov” saylov okrugidan saylangan
deputat B.Sharipovlar Madaniyat mahalla fuqarolar yig‘inida o‘z saylovchilari bilan
navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdilar. Uchrashuvda tuman tashkilotlari vakillari ham
ishtirok etdilar. 

Uchrashuv davomida deputatlar asosiy e’tiborni aholi muammolarini
tinglash va o‘rganishga qaratdilar. Aholi tomonidan berilgan savollarga atroflicha
javoblar berdilar. Mahalla aholisining asosiy muammolaridan bo‘lgan aholi xonadonlaridan
maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish masalasi uchrashuv joyida ijobiy
hal etildi, elektr ta’minotidagi mavjud muammolarni esa “Infratuzilma va ijtimoiy
barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish yo‘li bilan hal etishga kelishib olindi.  

Slide 1 of 4