Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Daraxtlar taqdiri – e’tiborda! “Qirg‘izyop kanali” bo‘yidagi yashil hudud muhofazasi deputatlar nazoratida
янв.21
MEHR-MURUVVAT VA SAXOVAT — DEPUTAT FAOLIYATINING BOSH MEZONI
янв.21
EHTIYOJMAND OILALAR DOIMIY E’TIBORDA: BAYRAM ARAFASIDAGI SAXOVAT TADBIRI
янв.21
URGANCH SHAHRIDA 35-SONLI MTT REKONSTRUKSIYASI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
URGANCH SHAHRIDAGI 14-SON SHIMOLIY G’ARBIY QOZONXONASI VA ISSIQLIK TARMOQLARI REKONSTRUKSIYASI O’RGANILDI
янв.21
KELAJAK SARI DADIL QADAM: BITIRUVCHILAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
HUDUD MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLAR MUZEY FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
8-SON MAKTABDA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TADBIRKORLAR FAOLIYATI BILAN TANISHIB, MUAMMOLARNI O‘RGANDI
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik: aholi muammolarini hal etishda yangi yondashuv

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining hududlarni rivojlantirish va aholining ijtimoiy muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari hamda senatorlarning “mahalla yettiligi” konsepsiyasi asosida hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan 35-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, viloyat Kengashi deputati Bozorova Saodat Jamolovna va tuman Kengashi deputati Jumayeva Feruza Ro‘ziqulovna Mirsaid Bahrom mahallasiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida mahalla raisi,  hokim yordamchisi, shuningdek mahalla xotin-qizlar faollari va ijtimoiy xodimlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ishlari, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish, shuningdek aholining dolzarb muammolarini tezkor aniqlash va hal etish masalalari muhokama qilindi.

Deputatlar 35-sonli qarorning mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar va mahalla tizimida “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirishning ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berishdi. Shu bilan birga, mahalla vakillari va xotin-qizlar faollari bilan birgalikda aholining ijtimoiy ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash va amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlarni yanada samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida kam taʼminlangan oilalar, ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini ta’minlash va boshqa ijtimoiy masalalar ham muhokama qilindi. Mahalla xotin-qizlari tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar eshitilib, ularni hal etish uchun aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 2