Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Daraxtlar taqdiri – e’tiborda! “Qirg‘izyop kanali” bo‘yidagi yashil hudud muhofazasi deputatlar nazoratida
янв.21
MEHR-MURUVVAT VA SAXOVAT — DEPUTAT FAOLIYATINING BOSH MEZONI
янв.21
EHTIYOJMAND OILALAR DOIMIY E’TIBORDA: BAYRAM ARAFASIDAGI SAXOVAT TADBIRI
янв.21
URGANCH SHAHRIDA 35-SONLI MTT REKONSTRUKSIYASI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
URGANCH SHAHRIDAGI 14-SON SHIMOLIY G’ARBIY QOZONXONASI VA ISSIQLIK TARMOQLARI REKONSTRUKSIYASI O’RGANILDI
янв.21
KELAJAK SARI DADIL QADAM: BITIRUVCHILAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
HUDUD MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLAR MUZEY FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
8-SON MAKTABDA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TADBIRKORLAR FAOLIYATI BILAN TANISHIB, MUAMMOLARNI O‘RGANDI
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan Baxt mahalla fuqarolar yig‘ini aholisidan kelib tushgan murojaatlar asosida tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga chiqarilgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi.

Mazkur murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi hamda ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlash masalasi amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qaroriga muvofiq, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli dastur ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Mazkur dasturga ko‘ra, Baxt mahalla fuqarolar yig‘inidagi Oltin vodiy, Lutfiy hamda Chorraxa ko‘chalarini ta’mirlash ishlari ham kiritildi.

Ushbu qaror 2026-yil 10-mart kuni Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining VII-17-28-3-48-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlanib, mazkur ko‘chalarni ta’mirlash ishlari “Manzilli dastur” doirasida amalga oshirilishi belgilandi.

Bu esa Baxt mahallasi aholisining ko‘p yillik muammolaridan birini hal etishga xizmat qiladi hamda hududdagi ichki yo‘llar infratuzilmasini yanada yaxshilashga imkon yaratadi.

Aholi murojaatlariga befarq bo‘lmasdan, ularni hal etish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar davom etadi.