Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Daraxtlar taqdiri – e’tiborda! “Qirg‘izyop kanali” bo‘yidagi yashil hudud muhofazasi deputatlar nazoratida
янв.21
MEHR-MURUVVAT VA SAXOVAT — DEPUTAT FAOLIYATINING BOSH MEZONI
янв.21
EHTIYOJMAND OILALAR DOIMIY E’TIBORDA: BAYRAM ARAFASIDAGI SAXOVAT TADBIRI
янв.21
URGANCH SHAHRIDA 35-SONLI MTT REKONSTRUKSIYASI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
URGANCH SHAHRIDAGI 14-SON SHIMOLIY G’ARBIY QOZONXONASI VA ISSIQLIK TARMOQLARI REKONSTRUKSIYASI O’RGANILDI
янв.21
KELAJAK SARI DADIL QADAM: BITIRUVCHILAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
HUDUD MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLAR MUZEY FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
8-SON MAKTABDA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TADBIRKORLAR FAOLIYATI BILAN TANISHIB, MUAMMOLARNI O‘RGANDI
Deputatlar tashabbusi davom etmoqda

Nurobod tumani “Sarikul” mahalla fuqarolar yig‘inida ekologik barqarorlikni ta’minlash va hududni yanada obodonlashtirishga qaratilgan muhim tashabbuslar amalga oshirildi. Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati Sobirxon Samatov tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbir “Yashil makon” umummilliy dasturi hamda “Obod yurt mahalladan boshlanadi” shiori ostida o‘tkazildi.

Mazkur umumxalq xayriya hashari doirasida mahalla aholisi, yoshlar va faollar bir yoqadan bosh chiqarib, hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etdilar. 

Tadbir davomida nafaqat daraxt ekish, balki hududni tozalash, obodonlashtirish va aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi. Bu kabi tashabbuslar fuqarolarda ona tabiatga mehr va mas’uliyat hissini oshirish bilan birga, kelajak avlod uchun sog‘lom va yashil muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5