Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MEHR-MURUVVAT VA SAXOVAT — DEPUTAT FAOLIYATINING BOSH MEZONI
янв.21
EHTIYOJMAND OILALAR DOIMIY E’TIBORDA: BAYRAM ARAFASIDAGI SAXOVAT TADBIRI
янв.21
URGANCH SHAHRIDA 35-SONLI MTT REKONSTRUKSIYASI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
URGANCH SHAHRIDAGI 14-SON SHIMOLIY G’ARBIY QOZONXONASI VA ISSIQLIK TARMOQLARI REKONSTRUKSIYASI O’RGANILDI
янв.21
KELAJAK SARI DADIL QADAM: BITIRUVCHILAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
HUDUD MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLAR MUZEY FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
8-SON MAKTABDA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TADBIRKORLAR FAOLIYATI BILAN TANISHIB, MUAMMOLARNI O‘RGANDI
янв.21
Urganch shahrida issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda
Navro‘z bayrami munosabati bilan faxriy fuqaro holidan xabar olindi.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi raisi Abdullaeva Barno Sayfutdinovna hamda Kengash kotibiyati mudiri Murotova Lola Ne’matjon qizi Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi, 1941–1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari va nogironlari, Leningrad shahri qamali ishtirokchilari hamda fashistlar konslagerlarida (getto va boshqa majburiy saqlash joylarida) bo‘lgan shaxslar qatoriga kiruvchi, 1925 yilda tug‘ilgan 101 yoshli faxriy fuqaro Proskudina Antonina Vladimirovna holidan xabar oldilar.

Tashrif davomida deputatlar fuqaroni Navro‘z bayrami bilan samimiy tabriklab, uning yashash sharoitlari bilan tanishdilar hamda mavjud muammolarini o‘rgandilar.

Suhbat jarayonida fuqaroning qon bosimi tez-tez ko‘tarilishi, shu sababli ko‘chaga chiqishi qiyinlashgani va muntazam tibbiy ko‘rikka ehtiyoji borligi ma’lum bo‘ldi. Shu munosabat bilan hududga qarashli oilaviy poliklinikaga murojaat qilinib, fuqaroga tibbiy ko‘rik tashkil etish hamda uning salomatligidan doimiy ravishda xabar olib turish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Fuqaro Proskudina Antonina Vladimirovna ushbu tashrifdan juda mamnun ekanini bildirib, o‘tgan yili o‘zining 100 yillik yubileyi mahallada keng nishonlab berilgani uchun mahalla faollariga ham minnatdorchilik bildirdi.