Xalq deputatlari Koson tumani Kengashiga 11-Obron okrugidan saylangan deputat Rohila Islamova Quyi Obron mahallasida yashovchi fuqaro Sanayev Suyarning tomorqa yeridan foydalanish holati bilan tanishdi.
S.Sanayev tomorqa yer maydonidan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘gan, kartoshka mahuloti yetishtiroqda, xonadonida issiqxonada tashkil qilib, sabzovot va poliz mahsulotlari, ko‘kat-ziravorlar, shuningdek limon yetishtiroqda. Bu esa oila budjetiga qo‘shimcha daromad kelishiga xizmat qiladi.
Issiqxonani kengaytirish va bu borada Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordam va imtiyozlar hamda ekin turlarini ko‘paytirish to‘g‘risida maslahatlashildi.